Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oshkora yoki pinhoniy tahdidlar Turkiyani tanlagan yoʻlidan qaytara olmaydi
09:46 / 2019-07-25

Sanksiyalar boʻyicha oshkora yoki pinhoniy tahdidlar Turkiyani tanlagan yoʻlidan qaytara olmaydi, dedi Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdoʻgʻon.


Sanksiyalar boʻyicha oshkora yoki pinhoniy tahdidlar Turkiyani tanlagan yoʻlidan qaytara olmaydi, dedi Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdoʻgʻon. “Turkiyaning Oʻrta yer dengizi va Kiprdagi harakatlari u oʻz manfaatlaridan voz kechmasligini koʻrsatadi”, dedi Erdoʻgʻon Lozanna tinchlik shartnomasi yubileyiga bagʻishlangan maʼruzasida.

Uningcha, Turkiya yuz yil oldingidek davlat va fuqarolari xavfsizligini taʼminlash qudratiga ega. Maʼlumot uchun, Yevroittifoq kengashi Turkiyaning Kiprdagi gaz qidiruv ishlari boʻyicha oliy darajadagi muloqotni hali oʻtkazmaslikka qaror qilgandi.