Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Osakada o‘zbek paviloni rasman ochildi
12:07 / 2025-04-14

Yaponiyaning Osaka shahrida “World Expo 2025” anjumani doirasida O‘zbekiston milliy pavilonining rasmiy ochilishi bo‘lib o‘tdi.

Tantanali marosimda mamlakatimizning Yaponiyadagi Favqulodda va muxtor elchisi Muhsinxo‘ja Abdurahmonov, Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi rahbari Gayane Umerova, Osaka meri Yokoyama

Xideyuki, loyiha me’mori Shirin Bryukner ishtirok etdi.

Pavilonimizga Nara shahri meri Nakagava Gen ham faxriy mehmon sifatida tashrif buyurdi.

– Mazkur nufuzli ko‘rgazmadagi O‘zbekiston paviloni madaniyat, texnologiya va barqaror rivojlanish masalalari bir ijod mahsulida uyg‘unlashgan makon, – dedi elchimiz. – Tanlangan mavzu – “Bilimlar bog‘i”. Dasturdan o‘rin olgan Yapon qarag‘ayi – “sugi”, o‘zbek sopoli kabi ekologik toza ashyolar tabiat va mahalliy an’analarga hurmat-e’zozni ta’kidlaydi. 360 darajali media qurilma tomoshabinlarni Yangi O‘zbekistonga eltib, ta’lim, yashil energiya va zamonaviy texnologiya yutuqlarini namoyish etadi.

750 kvadrat/metr maydonni egallagan, uch bosqichdan iborat “Bilimlar bog‘i” paviloni loyihasini ishlab chiqishda mualliflar Xorazm viloyati, xususan Xiva shahridan ilhomlanib, barqaror texnologiya va universal dizayn usulini qo‘llagan. O‘ziga xos arxitektura, boy madaniy meros va zamonaviy yutuqlar jamlanmasi tomoshabinlarda jiddiy qiziqish uyg‘otmoqda.

Muharrama Pirmatova, O‘zA