Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Orzularing, parvozlaring baland bo‘laversin, bitiruvchi!
11:52 / 2021-05-25

Maktab, ustoz, sinfdosh… Yuraklarni shirin o‘rtab, hayajon bilan qalbning tub-tubidan otilib chiquvchi bu so‘zlarni eshitganimizda, barchamizning yuragimiz allanechuk bo‘lib ketadi. Oddiygina bu so‘zlar zamirida qanchadan-qancha shirin xotiralar mujassam.

Maktab – bolaligim o‘tgan,o‘zimga o‘xshagan qoshu ko‘zlari qop-qora tengqurlarim bilan birga o‘qigan kichik “vatan”. Hali ham o‘z bag‘riga tortadigan, qayta-qayta borging kelaveradigan, partalari ham to‘shakdan-da yumshoq tuyiladigan bag‘ri issiq maskan. Bot-bot quchog‘iga chorlayveradi. Borging kelaveradi. Eslaganingda entikaverasan...

Bugun mamlakatimizdagi barcha umumta’lim maktablarida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari o‘tmoqda.  

Toshkent shahri, Uchtepa tumanidagi 238-maktabda ham bu tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.

Tadbirga Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev tashrif buyurib, tumandagi bir guruh faol o‘qituvchilarni, yil davomida bilimi va namunali xulqi bilan o‘rnak bo‘lgan o‘quvchilarni diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirladi.

Ushbu ta’lim muassasasini bu o‘quv yilida 162 nafar o‘quvchi tamomlab, katta hayotga qadam tashlamoqda.

So‘nggi qo‘ng‘iroq jarangladi... O‘quvchilarning ko‘zlaridan sevinch yoshlari sizib chiqdi.

Moviy osmonga uchirilgan yuzlab pufaklar singari bitiruvchilarning orzulari, parvozlari baland bo‘laversin.

 

Fayzullo Yahyoyev,  O‘zA