Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Orzulari ushalgan yoshlar
14:41 / 2014-09-30

Toshkent islom universitetida O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Toshkent islom universitetida O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida barcha sohada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, ayniqsa, yoshlarning o‘z iste’dod va salohiyatini yuzaga chiqarishi uchun yaratilayotgan sharoitlar mamlakatimiz barqaror taraqqiyotining asosiy omillaridan bo‘layotgani ta’kidlandi.

1999-yili davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan Toshkent islom universitetida diniy hamda dunyoviy fanlarni chuqur o‘zlashtirgan, sohada har tomonlama ilmiy tadqiqotlar olib borishga qodir bo‘lgan malakali kadrlar tayyorlanmoqda. Hozirgi kunda ta’lim muassasasida psixologiya, dinshunoslik, tarix, milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquqiy ta’lim, jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar, informatika va axborot texnologiyalari yo‘nalishlarida 620 dan ortiq talaba 100 dan ortiq professor-o‘qituvchidan saboq olayotir.

– Joriy yilda orzuim ro‘yobga chiqib, ushbu universitet talabasi bo‘ldim, – deydi Sarvar Nishonov. – Kelajakda Vatanimiz ravnaqiga o‘z hissamni qo‘shish uchun astoydil harakat qilaman.

Tadbirda yoshlarning bilim va salohiyatini yuksaltirish, yurtimizda millatlararo totuvlik, ijtimoiy va diniy bag‘rikenglik muhitini yanada mustahkamlash borasidagi islohotlar samaralari haqida so‘z yuritildi. Talabalarni ona Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga hissa qo‘shib kelayotgan ustozlar rag‘batlantirildi.