French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Orzulardan – maqsadgacha!
14:55 / 2026-02-23

FOTOREPORTAJ

Surxondaryo viloyati Oila va xotin-qizlar boshqarmasi tashabbusi bilan “Orzulardan – maqsadgacha!” shiori ostida “Rahbar ayollar va yoshlar” motivatsion uchrashuvi o‘tkazildi.

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida tashkil etilgan tadbirda viloyatdagi tashkilot va korxonalarda faoliyat yuritayotgan rahbar ayollar, faxriy rahbarlar, iqtidorli qizlar, shuningdek, hayotda o‘z yo‘lini topishda qiynalayotgan xotin-qizlar ishtirok etdi.

Tadbirni viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Zulxumor Xidirova ochib, oilaviy munosabatlarda huquqbuzarliklarning oldini olish, ayollar o‘rtasida qonunbuzilish holatlarini kamaytirish, erta tug‘ruq profilaktikasi, oila ma’naviyatini mustahkamlash va xotin-qizlar ma’rifatini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

[gallery-27812]

Qayd etilganidek, keyingi yillarda mamlakatimizda xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularni kasb-hunarga o‘qitish, bandligini ta’minlash, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish hamda turli sohalarda o‘z imkoniyatlarini namoyon etishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilmoqda. Shu bilan birga, xotin-qizlar va bolalarning huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan huquqiy mexanizmlar izchil takomillashtirilmoqda.

Motivatsion uchrashuv ayollar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, ularni jamiyat hayotida faol ishtirok etishga undash hamda yosh qizlarning orzu-intilishlarini aniq maqsadlarga yo‘naltirishga xizmat qiladi.

Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA