Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Orzular dunyosi” ijodiy aksiyasi o‘tkazildi (+video)
14:13 / 2025-05-23

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining Ko‘rgazmalar saroyida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi tashabbusi bilan “Orzular dunyosi” deb nomlangan ijodiy aksiya bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston XDP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashining rahbar va mas’ul xodimlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesidagi partiya fraksiyasi, Xalq deputatlari Nukus shahar Kengashidagi partiya deputatlik guruhi a’zolari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasining Qoraqalpog‘iston bo‘limi, O‘zbekiston Nogironlar jamiyatining Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘limi vakillari, partiya faollari, "Yoshlar qanoti" a’zolari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirning asosiy maqsadi   –  yoshlarning ijodiy qobiliyatini rivojlantirish, ularning iste’dodini namoyon etish, jamiyatda faol ishtirokini ta’minlash va ijtimoiy inklyuziv muhitni kuchaytirishdan iborat bo‘ldi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, bunyodkorlik ishlari, Konstitutsiya va Prezidentimizning farmon va qarorlarida yoshlarga qaratilayotgan imkoniyat hamda sharoitlar borasida to‘xtalishdi. Shuningdek, nogironligi bo‘lgan yosh ijodkorlarning bunday tashabbusi ularning jamiyatga integratsiyalashuvini kuchaytirishi, ularni teng huquqli fuqaro sifatida ko‘rish va qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilishi, inson qadri, bag‘rikenglik va inklyuzivlik tamoyillarini mustahkamlashda muhim o‘rin tutishi, shu bilan birga, ular uchun inklyuziv ta’lim, kasbiy tayyorgarlik, ish bilan ta’minlash, moddiy yordam ko‘rsatish kabi masalalar ustuvor ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Aksiya Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘ylab 18 yoshdan 30 yoshgacha nogironligi bo‘lgan yoshlar o‘rtasida o‘tkazildi. Ko‘rgazmaga 20 nafardan ortiq yosh ijodkorning ijodiy, grafik ishlari, rasmlari va qo‘l mehnatlari namoyish etildi. Ularning asarlari O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi ijodkorlaridan iborat hakamlar hay’ati tomonidan baholanib, bunda badiiy qiymat, g‘oyaviy mazmun, ijodiy yondashuv va texnik ijro kabi mezonlarga alohida e’tibor qaratildi.

[gallery-23523]

"Orzular dunyosi" ijodiy aksiyasida birinchi o‘rinni Amudaryo tumanidan Zulayho Karimboyeva, ikkinchi o‘rinni Kegeyli tumanidan Damir Qudaynazarov, uchinchi o‘rinni esa Nukus shahridan Shahnozabonu Mambetaliyevalar egallab, maxsus diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi. Qolgan ishtirokchilarga ham tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Ushbu aksiya yoshlarning ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularning jamiyatdagi mavqeini oshirish va inklyuziv taraqqiyotga keng jamoatchilik e’tiborini qaratishda muhim qadam bo‘ldi.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/lweElGOsKKA?si=YTmj-Dxrt-Mo9eiz" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullev (surat, video), O‘zA