French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Orzular dasturi”da hamyurtimiz g‘olib bo‘ldi
08:55 / 2023-01-19

Janubiy Koreyada 13-17 yoshli qishki sport turlari atletlari uchun o‘tkazilgan “Orzular dasturi” loyihasida qatnashgan figurali uchish bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi a’zosi Amaliya Sulaymonova 1-o‘rinni egalladi.

2026 yil Italiyaning Milan va Kortina d'Ampetsso shaharlarida o‘tadigan qishki Olimpiya o‘yinlarida ishtirok eta oladigan yosh avlod vakillarining imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazishga qaratilgan sport tadbirida 25 ta mamlakatning 130 nafarga yaqin atletlari o‘z mahoratini namoyish etdi.  

Hamyurtimiz Amaliya Sulaymonovaning “Orzular dasturi”dagi chiqishi hakamlar tomonidan eng yuqori ball bilan e’tirof etilib, oltin medalga loyiq ko‘rilishi mamlakatimizda qishki sport turlarini yanada rivojlantirish, iste’dodli yoshlarni kamolga yetkazish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning samarasi deyish mumkin.

T. Ro‘ziyev, O‘zA