Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Orttirilgan tajriba viloyatda qo‘llaniladi
15:55 / 2023-08-11

Qashqadaryo viloyatidagi tibbiyot muassasalarida ham ko‘plab murakkab jarrohlik amaliyotlari o‘tkazilmoqda. Bu bemorlarning poytaxtga yoki chet mamlakatlarga borib sarson bo‘lishining oldini olmoqda.

 Albatta bunda tibbiyot sohasining xorijning rivojlangan klinikalarida malaka oshirib kelgan mutaxassislarining hissasi katta bo‘lmoqda.   

Xususan, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filialining 5 nafar mutaxassisi ayni paytda Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida malaka oshirmoqda.  

Mazkur o‘quv Prezidentimizning 2021 yil 4 oktyabrdagi “Xirurgiya xizmatini transformatsiya qilish, hududlarda jarrohlik amaliyotlari sifatini oshirish va ko‘lamini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori ijrosi doirasida tashkil etilmoqda.  

Filial shifokorlari A’zam Inaqov, Jasur Nazarov, Fazliddin Anvarov, Otabek Quvvatov, Olim Ro‘ziyev tahsil olayotgan Sankt-Peterburgdagi I.I. Janelidze nomidagi shoshilinch tibbiy yordam ilmiy tadqiqot instituti xalqaro doirada mazkur yo‘nalishdagi nufuzli muassasa hisoblanadi. Bu yerda orttirilgan tajriba vohamizda mazkur xizmatni yanada rivojlantirishda, zamonaviy davolash usullarini amaliyotga tatbiq etishda, murakkab jarrohlik amaliyotlari turlarini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.  

O‘lmas Barotov, O‘zA.