Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ortiqcha bosim ostida ishlaydigan uskunalar xavfsizligi to‘g‘risidagi texnik reglament tasdiqlandi
13:31 / 2025-08-05

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Ortiqcha bosim ostida ishlaydigan uskunalar xavfsizligi to‘g‘risidagi texnik reglamentni tasdiqlash haqida qaror qabul qildi.

Unga muvofiq: 

ortiqcha bosim ostida ishlaydigan uskunalarga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari, ularni loyihalashtirish, ishlab chiqarishda xavfsizlik talablari hamda tamg‘alash, identifikatsiya qilish va muvofiqligini baholash tartibini nazarda tutuvchi Ortiqcha bosim ostida ishlaydigan uskunalar xavfsizligi to‘g‘risidagi texnik reglament; 

Ortiqcha bosim ostida ishlaydigan uskunalar xavfsizligi to‘g‘risidagi texnik reglamentni joriy etish sxemasi tasdiqlandi. 

Mazkur qarorga ko‘ra 2026 yil 1 yanvardan boshlab xizmat muddatini o‘tab bo‘lgan ortiqcha bosim ostida ishlaydigan uskunalarni respublika hududiga olib kirish taqiqlanadi. 

Texnik reglament rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab olti oy o‘tgach kuchga kiradi.

O‘zA