Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘rtacha umr ko‘rish 1995 yildagi 69,1 yoshdan 74 yoshgacha yetdi
13:33 / 2025-12-06

Mamlakatimizda aholi salomatligini muhofaza qilish, tibbiy xizmat sifatini oshirish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Buning natijasida o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 1995 yildagi 69,1 yoshdan 2017 yilda 73,7 yoshga yetdi. 2025 yilga kelib esa bu ko‘rsatkichni 74,8 yoshga yetkazish rejalashtirilgan.

Prezidentimizning “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirishga oid Farmoniga muvofiq, joriy yilda onalar o‘limi ko‘rsatkichi 12,5, go‘daklar o‘limini 7,5 va besh yoshgacha bolalar orasidagi o‘limni 10 promillegacha kamaytirilishi belgilangan.

Shu bilan birga, onkologik, yurak-qon tomir va diabet kabi erta o‘lim ulushi yuqori bo‘lgan kasalliklar bo‘yicha erta o‘lim ko‘rsatkichlarini pasaytirish vazifalari qo‘yilgan. Tahlillar esa belgilangan maqsadlarga erishish uchun qo‘shimcha chora-tadbirlar zarurligini ko‘rsatmoqda.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida yuqoridagilardan kelib chiqib, Sog‘liqni saqlash vaziri A. Xudayarovning “Sog‘liqni saqlash sohasi bo‘yicha qabul qilingan rivojlantirish dasturlarida belgilangan vazifalarning ijrosi to‘g‘risida”gi axborotini eshitish bo‘yicha qaror qabul qilindi.

Muhtarama Komilova, O‘zA