Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘rta yer dengizida kema halokati oqibatida 17 nafar muhojir bedarak ketgan
09:25 / 2021-05-15

O‘rta yer dengizidagi kemaning halokatga uchrashi tufayli 17 nafar muhojir bedarak ketgan, ularning kemasi Tunis qirg‘oqlaridan topildi.

“REGNUM” bu haqda “Le Figaro” ma’lumoti bilan asoslab xabar tarqatgan.

Xalqaro muhojirlar tashkilotidan ma’lum qilinishicha, kelib chiqishiga ko‘ra nigeriyalik bo‘lgan ikki muhojir tunislik qutqaruvchilar tomonidan mamlakat sharqidagi Sfaks shahri porti yaqinida qutqarib qolingan.  

“Kamida 17 nafar muhojir Tunis qirg‘oqlari yaqinida suvga g‘arq bo‘lgan. Kema Liviyaning Zuara shahridan ikki kun avval yo‘lga chiqqan”, deb yozadi tashkilot matbuot kotibi Safa Msheli “Twitter”da.