Oʻrta Ohangaron shaharlarining qadimgi va oʻrta asrlarga oid qabristonlari (Suyurlitepa yodgorligi misolida)
Ubaydulla ISMOYILOV Tayanch doktorant Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti Oʻzbekiston, Toshkent ubaydulla.ismoilov.92@mail.ru
Annotatsiya
Maqolada 2022-2023-yillarda Suyurlitepa yodgorligida olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijalari oʻz aksini topgan. Unda Suyurlitepa oʻrnidagi tarixiy shaharning qabriston qismida topilgan III-XIII asrlarga oid 3 xil turdagi qabrlar va qabr-qoʻrgʻonlar vositasida qabrlarning transformatsiya jarayonlari haqida maʼlumotlar berilgan. Qabrlarni tadqiq etish orqali shahar aholisining koʻmish anʼanalari, dafn marosimlarining oʻziga xos tomonlari yoritilgan.
Tayanch soʻzlar: Suyurlitepa, suyri, Ertosh-Doʻlana, dromos, Qovunchi madaniyati, katakomb qabr, qabr-qoʻrgʻon, Jetiasar madaniyati, koʻza, qadah-koʻzacha.