Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘rta maxsus ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarning davlat namunasi tasdiqlandi
17:25 / 2023-12-18

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “O‘rta maxsus ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarning davlat namunasini tasdiqlash to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq, O‘rta maxsus ta’lim muassasalarining bitiruvchilarini davlat namunasidagi hujjatlar bilan ta’minlash, diplom va uning ilovasidagi axborot olish imkoniyatlarini kengaytirish, ularni ilg‘or xorijiy amaliyotda foydalaniladigan namunalar ko‘rinishiga keltirish maqsadida o‘rta maxsus ta’lim to‘g‘risidagi diplomning davlat namunasi va tavsifi, shuningdek, O‘rta maxsus ta’lim to‘g‘risidagi diplomga ilovaning davlat namunasi tasdiqlandi.

O‘rta maxsus ta’lim to‘g‘risidagi diplom va diplomga ilovani tayyorlash bilan bog‘liq xarajatlar aniq hisob-kitoblarga asosan har yili O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga ushbu maqsadlar uchun nazarda tutilgap byudjet mablag‘lari doirasida moliyalashtiriladi va diplom, diplomga ilova (dublikat berish holatlari bundan mustasno) bitiruvchilarga bepul beriladi. 

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining “Davlat belgisi” davlat unitar korxonasi 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab o‘rta maxsus ta’lim to‘g‘risidagi diplom, diplomga ilova va sertifikat blankalari O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining buyurtmasi bo‘yicha himoyalangan maxsus qog‘ozlarda shartnoma asosida tayyorlab beradi.

2023/2024 o‘quv yiliga qadar akademik litseylarning bitiruvchilariga berilgan qog‘oz shaklidagi diplom yo‘qotilgan taqdirda, Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2017 yil 6 apreldagi 187-son qarorida belgilangan davlat namunasidagi diplomning dublikati beriladi. 

O‘zA