Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumani “Burgalik” mahallasida yashovchi Sulaymon ota Hamroyev tomorqasidagi 10 sotix yer maydonida issiqxona tashkil qilib, nafaqadagi vaqtini bekor o‘tkazmayapti. Shu bilan birga, sa’y-harakatlari orqasidan joriy yilda 7 million so‘m daromad ham oldi.
– Limon ko‘chati issiqsevar bo‘lganligi bois, sovuqqa chidamsiz, mevasining yetilishi uchun juda ko‘p issiq harorat zarur bo‘ladi, - deydi Sulaymon ota. - Parvarish davri ham birmuncha ko‘p. Shuning uchun issiqxonada limonning meyer navini ekib, sifatli va muntazam hosil olmoqdamiz. Bu nav bo‘yi nisbatan kichikligi va erta hosilga kirishi bilan boshqalardan ajralib turadi. Ko‘chat ekkanimizdan ikki yildan so‘ng hosilga kirdi. Mahalliy sharoitga ko‘proq moslashgan, biroq sovuqqa chidamli bo‘lmaganligi bois issiqxonada o‘stirmoqdamiz.
️Ko‘chatlar yaxshi parvarish qilinganda, har tupidan 300–400 tagacha meva olinadi. Hozir otaxon issiqxonasida mandarin ko‘chatlarini ko‘paytirib, ulardan meva olmoqchi.
Hududda tomorqadan samarali foydalanib, daromad qilayotgan insonlar ko‘p. Etiborlisi, ularning bunday tashabbusi bilan pandemiya davrida ichki bozorlarga arzon va sifatli sabzavot mahsulotlari yetkazib berilmoqda.
O‘zA