Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘rta Chirchiqda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmi yana ortadi
18:28 / 2021-12-20

Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, sektor rahbarlari, tegishli tashkilot va korxona rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Sessiya ishida tuman hokimi Olimjon Nurmatovning 2021 yil yakunlari va 2022 yilda mo‘ljallangan istiqbolli rejalar to‘g‘risida tuman aholisiga murojaati eshitildi. Xususan, hududda ro‘yxatdan o‘tgan kichik biznes sub’ektlari soni 2 ming 765 tani tashkil etib, bu ko‘rsatkich so‘nggi 5 yilda 3 baravar oshgani ta’kidlandi.

Xizmat ko‘rsatish xajmlari yanvar-noyabr oylarida 675,4 milliard so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 116,7 foizga bajarildi. Qurilish ishlari bajarilishi yanvar-noyabr oylarida 370,1 milliard so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 90 foizni tashkil etdi. Shuningdek, qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida yetishtirilgan mahsulotlar va xizmatlar hajmi 1 trillion 404 milliard so‘mga yetdi. Joriy yil “Har bir oila tadbirkor” dasturi doirasida 1ming 927 ta fuqaroga 44 563 million so‘m bank kreditlari ajratildi.

Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga asosan tumanda 2021-2023 yillarda umumiy qiymati 2 trillion 88 milliard so‘mlik 39 ta investitsiya loyihalari amalga oshiriladi. Buning natijasida 2 ming 767 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari, tumandagi ishsiz va bandligi ta’minlanmagan 887 nafar yoshlar ishga joylashtirildi. Shu bilan birga, “Yoshlar daftari” ga kiritilgan yoshlarning bandligini ta’minlash va daromadini oshirish maqsadida dehqonchilik qilish istagida bo‘lgan 838 nafar yigit-qizga 209,5 gektar yer maydonlari ajratib berildi. Yoshlarga oid davlat dasturi doirasida 91 nafar yoshga tadbirkorlik faoliyatini boshlashi uchun jami 1,7 milliard so‘m miqdorida imtiyozli kredit mablag‘i ajratildi.

Sessiyada ko‘rilgan masalalar yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.

A. Musayev, O‘zA.