Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oromgohda “Yoz – 2022” mavsumi ko‘tarinki kayfiyatda boshlandi
08:02 / 2022-06-17

FOTOREPORTAJ

Termiz shahridagi “Amudaryo” bolalar-sog‘lomlashtirish oromgohi 200 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, maskanda o‘quvchilarning ta’tilni mazmunli o‘tkazishi, salomatligini mustahkamlashi uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. Kuni kecha oromgohda “Yoz – 2022” mavsumining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

2017 yildan buyon faoliyat ko‘rsatayotgan oromgoh o‘quvchilarni nafaqat maroqli dam oldirish, balki, jismonan chiniqtirish, ularning intellektual salohiyatini rivojlantirish, turli yo‘nalishlarda bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

“Yoz – 2022” mavsumi oromgohda ko‘tarinki kayfiyatda boshlandi. Mavsumning birinchi bosqichi uchun viloyatdagi barcha shahar va tumanlardan jami 201 nafar o‘g‘il-qiz qabul qilindi.

[gallery-7607]

Mavsumning ochilishi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda bolajonlar oromgohda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishtirib o‘tildi. Xususan, Madaniyat va ma’rifat markazi, boy kitoblar zaxirasiga ega zamonaviy Axborot-resurs markazi, to‘garak xonalari, yozgi amfiteatr, suzish havzasi, futbol, voleybol, basketbol va tennis maydonchalari, yotoq binolari, oshxona, yuvinish xonalari yozgi mavsumga shay xolga keltirilgan.

Marosimda beshta muhim tashabbusni qamrab oluvchi turli sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Bolalarni o‘zaro hurmat, do‘stlikka chorlovchi qo‘shiq va raqslar ijro etildi.

 

 

Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat),O‘zA