Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oromgohda “Yosh qutqaruvchi” ko‘rik tanlovi o‘tkazildi
16:36 / 2024-06-15

Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va “NKMK jamg‘armasi” davlat muassasasi hamkorligida “Sarmish” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida “Yosh qutqaruvchi” harbiy-vatanparvarlik sport musobaqasi o‘tkazildi.

Tadbir yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, sport musobaqalari orqali yoshlarda o‘z irodasi, kuchi va imkoniyatiga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash, mardlik, vatanparvarlik, sadoqat tuyg‘ularini kamol toptirish maqsadida tashkil etildi. Unda 12-14 yoshdagi o‘quvchilardan tuzilgan 4 ta jamoa ishtirok etdi.  

Qizg‘in bahs va bellashuvlarga boy o‘tgan musobaqada 5 nafardan iborat bo‘lgan jamoalar 6 ta shart asosida o‘zaro bellashdi.  

[gallery-17877]

Yakunda barcha shartlarni tez va aniq bajargan “1050” jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

– Bugungi bellashuv taassurotlarga boy bo‘ldi, – deydi “1050” jamoasi sardori Munisa Xolmamatova. – Har bir shart bolalardan chaqqonlik va topqirlikni talab etishi bilan musobaqaning yanada qiziqarli bo‘lishini ta’minladi. Musobaqa orqali tutun chiqqanda, yong‘in va zilzila sodir bo‘lganda, shuningdek, suvga cho‘kayotganda to‘g‘ri harakatlanish va birinchi yordam ko‘rsatish qoidalarini bilib oldik. Insonlarga yordam berish eng oliy baxt va odamiylik burchi ekanligini angladik.  

Musobaqa so‘nggida g‘olib va sovrindor jamoalar munosib taqdirlandi.  

A.Bo‘riyev, S.Aslonov (surat), O‘zA muxbirlari