Oromgohda bolalar maroqli hordiq olmoqda
FOTOREPORTAJ
Buxoro viloyati Peshku tumani Malishoyak mahallasida joylashgan bolalar oromgohida mavsum yakuniga qadar 650 nafar bola dam olib sog‘lomlashtirilishi rejalashtirilgan.
Oromgohda muntazam o‘tkaziladigan madaniy tadbirlar, sport musobaqalari, milliy o‘yinlar, viktorinalar, turli ko‘rik-tanlovlar bolalarning ta’til davrini maroqli tashkil etishga xizmat qilmoqda.
[gallery-12529]
Kuni kecha Milliy Gvardiya Peshku tuman Qo‘riqlash bo‘limi xodimlari tomonidan oromgohda “Kamondan otish” musobaqasi o‘tkazildi. Tadbir davomida bolalar kamondan otish usullari, kamondan foydalanish haqida yetarli tushunchaga ega bo‘ldi.
Ayni paytda oromgohda 130 nafar o‘g‘il-qiz dam olmoqda.
Tohir ISTATOV(surat),O‘zA