Orolni qutqarishga bag‘ishlangan marafon
Prezidentimizning 2022 yil 1 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 31 yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish to‘g‘risida” gi qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 15 avgustdagi “Save Aral – 2022” xalqaro marafoni ommaviy yugurish musobaqalariga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish to‘g‘risidagi yig‘ilish bayoniga ko‘ra, ushbu sport bayrami Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanida ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.
Sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishga xizmat qiluvchi marafon g‘oliblari turli nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlandi.

– Ommaviy marafonda biz, talabalar ham faol ishtirok etdik, – deydi Namangan muhandislik-texnologiya instituti 4-bosqich talabasi Ibrohimjon Risliqov. – Musobaqada ko‘plab tengqurlarim singari menga ham g‘oliblik sururi nasib etdi.

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA