French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Orollarning keyingi taqdiri hal etilishi kerak
12:29 / 2018-11-20

Yaponiya vazirlar mahkamasi bosh kotibi Yosixide Suganing fikricha, Vladimir Putinning sobiq ittifoq va yapon tomonining 1956 yilgi bitimini huquqiy jihatdan tan olishiga qaramay, orollar qaysi asosga koʻra qaytarilishi noaniqligicha qolmoqda. Bu haqda “Mayniti Simbun” gazetasi xabar beradi.

Avvalroq Osiyo-Tinch okeani davlatlari sammitida Putin 1956 yilgi bitim asosida tinchlik shartnomasini muhokama etishni taklif qilgan va bunga Sindzo Abe rozi boʻlgan. 

“Tinchlik shartnomasining imzolanishi orollarning keyingi taqdirini hal qilishga asos vazifasini oʻtashi kerak”, deydi bosh kotib. U shuningdek, Rossiya Prezidenti va Yaponiya bosh vaziri Katta yigirmatalikning Argentinadagi sammitida uchrashishini ham taʼkidlagan.