Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Orolgacha 20 kunlik yo‘lni bosib o‘tgan sirdaryolik otaxon Moskvaga ham velosipedda bormoqchi
10:58 / 2019-08-26

Partiya nomini qalbida ulug‘lagan 69 yoshli Abdurasul ota Allanazarov velosipedda Orolga sayohati bilan sizlarga yaxshi tanish.


Partiya nomini qalbida ulug‘lagan 69 yoshli Abdurasul ota Allanazarov velosipedda Orolga sayohati bilan sizlarga yaxshi tanish. Otaxon partiyaning Sirdaryo viloyati Kengashida mehmon bo‘lib, taassurotlari bilan yana bir bor o‘rtoqlashdi:

- Ko‘nglimda Orolga velosipedda borish istagi tug‘ilgach, bo‘lg‘usi sayohatim haqida odamlar xabardor bo‘lib borsin deb, “Adolat” SDP Sirdaryo viloyat Kengashiga tashrif buyurdim. Bu yerda meni juda iliqlik bilan qarshilashdi. Sayohat to‘g‘risidagi rejamni qo‘llab-quvvatlashdi.
Shuningdek, yo‘l-yo‘lakay viloyatlardagi partiyaning hududiy Kengashlari vakillari meni kutib olib, o‘zlarining beminnat yordamlarini ayashmadi. Ezgu niyatimga xayrixohlik bildirishdi. Natijada men 20 kun ichida Orolga yetib bordim. Endi navbat Moskva shahriga o‘rnatilgan Islom Karimov haykali oldiga velosipedda yetib borish.

Velosayohatda chiniqqan otaxon partiyaning Siyosiy Kengash rahbariyati tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Kelgusidagi sayohatlarida ham partiyamiz otaxonga qanot bag‘ishlay olish tilagi bildirildi.

Mehriniso BOBONAZAROVA,
O‘zbekiston “Adolat” SDP Sirdaryo viloyat Kengashi matbuot kotibi