Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Orolga tashrif” xalqaro avtosayohat ishtirokchilari Buxoroda
12:07 / 2025-08-26

Turizm qo‘mitasi tomonidan  SamAuto hamkorligida va Tegeta Motors ko‘magida tashkil etilgan “Orolga tashrif” xalqaro avtosayohat loyihasi ishtirokchilari Buxoro viloyatida bo‘ldi.

Loyiha ishtirokchilari Buxoroning tarixiy yodgorliklari, hunarmandchilik markazlari, hududlarning o‘ziga xos milliy taomlari hamda mehmondo‘stlik an’analari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldi. 

Ular o‘z taassurotlari va tavsiyalarini real vaqt rejimida ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali keng jamoatchilik bilan bo‘lishdi. Bu esa, o‘z navbatida Buxoro viloyatining turizm salohiyatini keng targ‘ib qilishga xizmat qildi.

Mazkur avtosayohat loyihasi turizm orqali xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va Orolbo‘yi mintaqasining jahon hamjamiyatidagi ijobiy imijini shakllantirishga muhim qadam bo‘lada.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.