French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Orolbo‘yida “Kitobxonlik haftaligi” o‘tkazilmoqda
21:45 / 2023-04-02

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligiga qarashli ta’lim muassasalarida “Kitob bizni birlashtiradi” festivali doirasida “Kitobxonlik haftaligi” o‘tkazilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14 dekabrdagi “2020-2025 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida” gi qaroriga muvofiq, har yili aprel oyining birinchi haftasi “Kitobxonlik haftaligi” etib belgilandi.  

Haftalikning birinchi kuni kitob taqdimoti, viktorinalar, ijtimoiy tarmoqlardagi savol-javob o‘yinlari, miks taqdimotlari, uchrashuvlar, teatrlashtirilgan bayram kechalari, kitob ko‘rgazmalari, videoroliklar, chellenj, vebinar, aksiyalar tashkil etildi.  

[gallery-11246]

Umumta’lim maktablarida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazilib,  o‘quvchilarga kutubxona bo‘ylab sayohat tashkil etildi. Unda kutubxona  qoidalari, kitob  ko‘rgazmalari bilan  tanishtirilib, Xalqaro bolalar kitobi kuniga bag‘ishlangan videorolik namoyish etildi.  

– “2 aprel – Xalqaro bolalar kitobi kuni munosabati bilan “Kitob bizni birlashtiradi”  mavzusidagi bayram tadbiri va “Farzandimga kitob sovg‘a qilaman”  aksiyasi barchada katta taassurot qoldirdi, – deydi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligiga qarashli respublika Bolalar kutubxonasi direktori Zulfiya Seytniyazova. –Jumladan, teatrlashtirilgan musiqiy dasturda o‘quvchilar ishtirokida shou viktorina o‘yinlari, yozuvchi-shoirlar bilan uchrashuvlar, bolalar yozuvchisi, ertakchi G.X.Andersenning tug‘ilgan kuniga bag‘ishlanib “Andersen va bolalar” mavzusida miks taqdimotlar o‘tkazildi. Savol-javob o‘yinlarida bolalar ertak kitoblardan qiziqarli savollarga javob berishdi va g‘oliblarga kutubxonamiz tomonidan kitoblar sovg‘a etildi.  Shu kuni “Kitob mening do‘stimsan”, “Kitob millatimizning bebaho boyligi”, “Kitob qalb quyoshi”, “Mening sevimli kitobim” kabi mavzulardagi ko‘rgazmalar kitobxonlarda katta qiziqish o‘yg‘otdi. Faol ishtirokchilarga O‘zbekiston Ekologik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi partiya tashkiloti tomonidan  sovg‘alar topshirildi.  

Tadbir ishtirokchilariga kitobxon o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan konsert dasturi va sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.  

Dovud ABIBULLAEV,  

Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA