Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Orolbo‘yida kelgusi yil hosili uchun baraka urug‘lari ekildi
16:15 / 2021-08-15

Davlatimiz rahbarining 2020 yil 11 dekabrdagi “Qishloq xo‘jaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni yanada jadal tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasida paxta va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiriladigan ekin maydonlarida tomchilatib, yomg‘irlatib, diskret va ko‘chma egiluvchan quvurlar orqali sug‘orish usullari keng qo‘llanilmoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda, 21 ming gektardan ortiq maydonda lazerli tekislash ishlari amalga oshirilgan va suv tejovchi texnologiyalar joriy etilishi natijasida vegetatsiya davrida jami 20,7 mln. m3 suv iqtisod qilinishiga erishilgan.

Ayni kunlarda respublika hududlarida g‘alla maydonlarini ekishga tayyorlash va sug‘orish tadbirlari olib borilmoqda. Mazkur tadbirlarni amalga oshirishda suv tejovchi texnologiyalardan foydalanish, xususan, ekin maydonlarini  lazer uskunasi yordamida tekislashning ahamiyatini kengroq tushuntirish maqsadida tumanlarda ko‘rgazmali seminarlar o‘tkazilmoqda. Ana shunday ko‘rgazmali seminarlar Shumanay, Qonliko‘l, Qo‘ng‘irot va Taxiatosh tumanlarida ham o‘tkazildi. Nuroniyotaxonlarduosibilankelgusiyilhosiliuchun baraka urug‘lariekildi.

[gallery-3424]

Maqsad HABIBULLAEV(surat),  O‘zA