Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Orolbo‘yida katta bayram shodiyonalari
21:29 / 2024-04-09

9-aprel – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31-yilligiga bag‘ishlangan tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Unda Jo‘qorg‘i Kenges deputatlari, vazirliklar, idora va tashkilotlarning, ta’lim muassasalarining, huquq-tartibot idoralarining rahbarlari, talaba-yoshlar, jamoat tashkilotlari hamda ommaviy axborot vositalarining vakillari ishtirok etdi.

Tantanali bayram tadbirida dastlab O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikalarining davlat madhiyalari yangradi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orinbayev yig‘ilganlarni sana bilan samimiy muborakbod etdi.

[gallery-16854]

Ta’kidlanganidek, Konstitutsiya – bu milliy huquq tizimining asosini tashkil etish bilan birga, insonlarning huquq va erkinliklarini belgilashda ahamiyatli hujjat hisoblanadi. Yurtimizning mustaqil rivojlanish bosqichlariga nazar tashlar ekanmiz, albatta, ijtimoiy-siyosiy hayotimizda yuz berayotgan o‘zgarishlar va yangilanishlar, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda erishilayotgan natijalar – Bosh Qomusimiz yaratib bergan imkoniyatlarning samarasi hisoblanadi.

Shu o‘rinda alohida ta’kidlash joiz, yurtimizda Prezidentimiz rahbarligida uzoqni ko‘zlagan davlat siyosati, ishlab chiqilgan qonun hujjatlari, davlat dasturlari hayotimizda alohida o‘rin tutadi. Ayniqsa, davlatimiz rahbarining alohida g‘amxo‘rligi bilan o‘tgan bir yil ichida faqatgina Qoraqalpog‘iston uchun qabul qilingan farmon va qarorlari asosida xalqimizga, jumladan, yoshlarimiz, tadbirkorlarimizga oldin bo‘lmagan imkoniyatlar yaratilgani, mahallalarda keng ko‘lamli qurilish-ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari olib borilgani qalblarda faxr tuyg‘usini uyg‘otadi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar yig‘ilganlarni bayram bilan tabriklab, respublika xalqiga, shundan, yoshlarga alohida hurmat va e’tibor uchun Prezidentimizga cheksiz minnatdorlik bildirdi.

Tadbir san’at ustalari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi bilan davom etdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31-yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbirlari Orolbo‘yining barcha shahar va tumanlarida bo‘lib o‘tdi.

 

Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA.