Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Orolbo‘yida g‘alla o‘rim-yig‘imi boshlandi
16:43 / 2025-06-07

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Beruniy tumanida g‘alla o‘rim-yig‘imi oldidan ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi.

Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Amanbay Orinbayev so‘zga chiqib, g‘alladan baland xirmon yaratilishiga tilak bildirdi.

Tadbir avvalida nuroniylar tomonidan dehqonlarimizning oldida turgan mashaqqatli va mas’uliyatli ishlarida kuch-quvvat, yurtimizda to‘kin-sochinlik, dasturxonimiz to‘kin bo‘lishini tilab, Qur’on tilovat qilindi hamda o‘rim-yig‘im mavsumida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan keng tushunchalar berildi.

Ta’kidlash joizki, bu yil dehqon va fermerlarimiz uchun “g‘alla yili” bo‘ldi desak, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki ko‘p yillik tajribadan ma’lumki, bahor oylarida yog‘ingarchilikning ko‘p bo‘lishi hamda g‘alla o‘sib rivojlanishi uchun ob-havoning optimal kelishi hosilning mo‘l bo‘lishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.

Yetishtirilgan hosilni qisqa muddatlarda uyushqoqlik bilan o‘rib-yig‘ib olish bo‘yicha talab etiladigan mablag‘larning hisob-kitobi ishlab chiqildi. O‘rim-yig‘im ishlarini uyushqoqlik bilan o‘tkazish maqsadida otryadlar tuzilib, ularga maxsus texnika va agregatlar biriktirildi. Yoqilg‘i-moy materiallari zaxirasi yaratildi.

Ko‘rgazmali seminar yakunida g‘alla o‘rim-yig‘imini uyushqoqlik bilan o‘tkazish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilakb olindi.

Dovud Abibullayev,

O‘zA muxbiri