Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Orolbo‘yi mintaqasida ekologik barqarorlikni ta’minlash masalasida hukumatga parlament so‘rovi yuborildi
12:52 / 2022-08-05

Onlayn

Oliy Majlis Senatining yalpi majlisida Prezidentimizning 2021 yil 29 iyuldagi «Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasining 2021 yil 18 maydagi «Orolbo‘yi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi deb e’lon qilish to‘g‘risida»gi maxsus rezolyutsiyasini amalga oshirish choralari to‘g‘risida»gi qarori ijrosi ko‘rib chiqildi.

Ta’kidlanganidek, mazkur masala yuzasidan Senatning tegishli qarori qabul qilinib, vazifalar ijrosi ustidan ta’sirchan parlament nazorati amalga oshirilmoqda.

Orolning qurigan tubida o‘rmonzorlar barpo etish bo‘yicha dunyoda muqobil bo‘lmagan ishlar jadallik bilan olib borilmoqda. Aholi uchun munosib turmush sharoit yaratish, ularning farovonligini ta’minlash, daromadlarini ko‘paytirish, sog‘ligini saqlash va hududning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishga jiddiy e’tibor qaratilmoqda.

Qarorda belgilangan tadbirlarni bajarish uchun Jo‘qorg‘i Kenges deputatlari biriktirilib, yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish, sustkashlikka yo‘l qo‘ygan mas’ullarga senator va deputatlik so‘rovlarini yuborish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan.

Natijada Davlatimiz rahbarining yuqorida qayd etilgan qarori bilan tasdiqlangan «yo‘l xaritasi»ning 1-ilovasida belgilangan 71 ta tadbirdan 20 tasi bajarilishiga erishilgan.

Shu bilan birga, bugungi kunga qadar «yo‘l xaritasi»ning 1-ilovasida belgilangan 9 ta tadbir muddatida bajarilmaganligi, 5 tasining muddati kechiktirilganligi aniqlandi.

«Yo‘l xaritasi»ning 2-ilovasida ko‘rsatilgan 65 loyihadan 15 tasi amalga oshirilgan. Biroq, 1 ta loyiha muddatida amalga oshirilmagan va 6 tasining muddatini uzaytirish bo‘yicha taklif kiritilgan.

Qarorda belgilangan vazifalar ijrosini samarali ta’minlashga keskin to‘sqinlik qilayotgan omillar hamda tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar haqida asoslantirilgan tushuntirish berish talabi bilan Vazirlar Mahkamasiga parlament so‘rovi yuborish bo‘yicha qaror qabul qilindi.

 

O‘zA