English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Orolbo‘yi dunyo e’tiborida
11:55 / 2025-04-08

Joriy yilning 5-6 aprel kunlari Nukusda Qoraqalpog‘istonda ilk bor Orol madaniyati sammiti o‘tkazildi. Ushbu keng ko‘lamli tadbirda taniqli ekspertlar, olimlar, madaniyat va ekologiya tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.

Har 18 oyda bir marta o‘tkazilishi rejalashtirilgan birinchi Orol madaniyat sammiti to‘g‘risida Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva bu O‘zbekiston va, ayniqsa, Qoraqalpog‘iston uchun katta ahamiyatga ega voqea ekanligini alohida ta’kidladi.

O‘zbekiston 2023 yil 22 − 24 mart kunlari Nyu York shahrida bo‘lib o‘tgan BMTning suv resurslari bo‘yicha konferensiyasida Orol madaniyati sammiti loyihasini amalga oshirish tashabbusini ilgari surgandi. Cammitning asosiy maqsadi Orolbo‘yi va dunyoning boshqa mintaqalarida yuzaga kelgan ekologik muammolarni muhokama qilish va oqilona yechimlarni taqdim etish uchun global platforma yaratishdan iborat.

Albatta, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston, xususan Orolbo‘yi mintaqasiga har doim katta e’tibor qaratib kelmoqda. Shuningdek, mazkur muammoga butun dunyoni e’tiborini jalb qilib, xalqaro arenalarda mazkur masalani ko‘tarmoqda. Jumladan, davlatimiz rahbari Birlashgan Millatlar Tashkiloti,  Bosh Assambleyasi yetmish beshinchi yubiley sessiyasida so‘zga chiqib, xalqaro hamjamiyat e’tiboriga mintaqaviy va global ahamiyatga ega dolzarb masalalar yuzasidan bir qator tashabbus va takliflarni bildirgan edi. Jumladan, Orolbo‘yi mintaqasini ekologik innovatsiya va texnologiyalar hududi, deb e’lon qilish haqida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining maxsus rezolyutsiyasini qabul qilishni taklif etgandi.

Darhaqiqat, Orol dengizining qurishi bir necha yillardan buyon mintaqadagi eng jiddiy ekologik falokatlardan biri bo‘lib kelayotgan edi. Prezidentimizning mazkur taklifi butun dunyo davlatlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi, Orol muammosi nafaqat mintaqaviy balki global masshtabga ko‘tarilganligini ko‘rsatmoqda.

Davlatimiz rahbarining 2017 yilda Qoraqalpog‘istonga qilgan safarida Orolbo‘yi hududini rivojlantirish bo‘yicha 2017-2021 yillarda 8,4 trillion so‘mni o‘z ichiga olgan Dastur ishlab chiqildi. Albatta, bundan so‘ng Orolbo‘yi hududini rivojlantirishga oid bir necha qaror va loyihalar ishlab chiqilib, katta o‘zgarishlar qilinmoqda. 

Ta’kidlash joizki, mazkur sammit Orolbo‘yi mintaqasini san’at, madaniyat, dizayn va ilm-fan orqali ijtimoiy va ekologik jihatdan o‘zgartirishga bag‘ishlangan yangi tashabbus hisoblanadi. Unda bu hududning betakror madaniyati va o‘ziga xosligini saqlab qolish, ushbu murakkab sharoitda yashayotgan hamyurtlarimizning munosib kelajagini ta’minlash uchun mintaqaga e’tiborni jalb etish lozimligi alohida qayd qilindi.

Albatta, Orol madaniyati sammitining mamlakatimiz taraqqiyotidagi ahamiyatini targ‘ib qilish, unda ilgari surilgan taklif va tashabbuslarni hayotga tatbiq qilishda siyosiy partiyalar, xususan, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining barcha darajadagi tashkilotlari hamda deputatlari faollik ko‘rsatishi kerak. 

Tajibay Romanov,

O‘zMTDP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi raisi,

Jo‘qorg‘i Kengesidagi O‘zMTDP fraksiyasi rahbari.

O‘zA