Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Orolbo‘yi bolalariga Prezident sovg‘alari
12:00 / 2023-12-29

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida “Prezident archasi” bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirga bolalar uylari tarbiyalanuvchilari, ota-ona qarovisiz qolgan o‘g‘il-qizlar, Vatanimiz tinchligi, sarhadlarimiz osoyishtaligi yo‘lida qurbon bo‘lgan huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining farzandlari taklif etildi.  

Bayram dasturi chiroyli bezatilgan archa atrofida Qorbobo va Qorqiz, turli ertak qahramonlari ishtirokida teatrlashtirilgan tomoshalar bilan davom etdi. Tarkibida Prezidentning bolalarga yo‘llagan Yangi yil bayrami tabrigi, shirinliklar, kanselyariya mahsulotlari, smart soat, darts magnit taxtasi mavjud “Prezident sovg‘asi”topshirildi.  

Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi A.Orinbayev ishtirok etdi va bolalarni bayram bilan qutladi.  

Yangi yil bayrami tomoshalari shahar va tumanlarda davom etmoqda.  

Dovud Abibullayev,

O‘zA muxbiri