Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Orolboʻyida turizmni rivojlantirish uchun qanday ishlar qilinmoqda?
19:04 / 2020-01-07

Qoraqalpogʻistonda turistik salohiyat oʻtgan yili 2018-yilga nisbatan 42 foizga oʻsgan.


Qoraqalpogʻistonda turistik salohiyat oʻtgan yili 2018-yilga nisbatan 42 foizga oʻsgan. Hududga kelgan xorijlik sayyohlarning asosiy qismi Italiya, Fransiya, Germaniya, Rossiya, Xitoy, AQSH, Buyuk Britaniya, Yaponiya va Ispaniya kabi davlatlardan kelgan.

Mashhur I.V.Saviskiy nomidagi Qoraqalpoq davlat sanʼat muzeyiga oʻtgan yilda 124 ming 192 nafar sayyoh tashrif buyurgan boʻlib, shundan 12 mingdan ortigʻini xorijlik sayyohlar tashkil qiladi.

17--Мўйноқ туманини комплекс.JPG

– Qoraqalpogʻistonda hozirda jami 288 ta madaniy meros va ziyorat obyektlari roʻyxatdan oʻtgan, – deydi Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududiy boshqarmasi boshligʻi Bayram Kusekeyev. – Ularning 131 tasi arxeologik, 24 tasi arxitektura, 88 tasi monumental obyektlar va 45 tasi boshqa diqqatga sazovor joylardir. Jami 31 ta mehmonxona, 4 ta milliy oʻtovlarda tashkil qilingan kemping va 12 ta mehmon uylari, turistik klassga mansub 9 ta avtobus, 4 ta mikroavtobus, 28 ta yoʻl tanlamas avtotransportlari kelgan sayyohlarga xizmat koʻrsatmoqda.

2018-2019-yillarda hududda amalga oshirilayotgan dasturlar va boshqa investitsion loyihalarning manzilli roʻyxatiga muvofiq, jami qiymati 31,1 milliard soʻmlik 29 ta loyiha amalga oshirilgan. Natijada koʻplab yangi ish oʻrinlari yaratilgan.

36_«Мискин_Нукус_Бейнеу»_поездининг.jpg

2020-2021-yillarda hududda turizmni va uning infrastrukturasini rivojlantirish maqsadida qiymati 60 milliard soʻmlik 20ta loyihani amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Bular amalga oshsa 400 ga yaqin yangi ish oʻrinlari yaratiladi. Jumladan, transport infrastrukturasini rivojlantirish boʻyicha 1 milliard soʻmlik mablagʻni oʻzlashtirish hisobidan turistik transport xizmatlari tashkil qilinadi.

Hunarmandchilik markazlari, savdo shoxobchalari, esdalik sovgʻalarini va suvenirlarni ishlab chiqarish hamda sotuvini tashkil qilish boʻyicha obyektlarning ishi yoʻlga qoʻyiladi.