English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Orol oʻtmishidan soʻzlaydi
16:42 / 2020-01-20

Soʻnggi yillarda olis Orolboʻyida aholining turmush darajasini yaxshilash, infratuzilmani rivojlantirish ishlariga alohida eʼtibor qaratilmoqda.


Soʻnggi yillarda olis Orolboʻyida aholining turmush darajasini yaxshilash, infratuzilmani rivojlantirish ishlariga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Xususan, 2019-yilning oʻzida Moʻynoq tumanida yangidan bir qancha turar joylar, ijtimoiy-iqtisodiy obyektlar foydalanishga topshirildi. Eʼtiborlisi, sayyohlar katta qiziqish bildirayotgan ochiq osmon ostidagi kemalar atrofi obodonlashtirilib, zarur shart-sharoitlar yaratildi.

Shuningdek, yangidan qurib bitkazilgan “Orol dengizi tarixi” muzeyi turizm salohiyatini yanada oshirish imkonini berdi. Ushbu muzey ekspozitsiyasida R.Matevosyan, F.Madgazin, B.Serekeyev, J.Izentayev kabi taniqli rassomlarning ijodiy ishlari, Orol dengizi va Moʻynoq tumani tarixiga taalluqli noyob fotosuratlar, bir paytlar dengizda suzgan kemalar maketlari, qushlar, baliqlar turlariga oid maʼlumotlar bilan yaqindan tanishish mumkin. Muzeyda Orol tarixiga bagʻishlangan hujjatli filmlar namoyishi uchun maxsus kinozal tashkil qilingan.