French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Orol dengiziga poyezd” yoshlar ekologik aksiyasi tashkil etiladi
17:08 / 2025-05-22

Joriy yil 28-31 may kunlari Turizm qo‘mitasi tomonidan har yil o‘tkaziladigan “Orol dengiziga poyezd” yoshlar ekologik aksiyasi tashkil qilinmoqda.

Tadbir Orolbo‘yi mintaqasida ekologik muammolarni o‘rganish va ularni bartaraf etish yo‘lida yoshlarning faolligini oshirish maqsadida o‘tkazilmoqda.

Aksiya doirasida mamlakatning turli hududlaridan kelgan iqtidorli va faol yoshlar Orolbo‘yi hududiga sayohat qilib, bu yerda yuzaga kelgan ekologik falokat oqibatlarini o‘z ko‘zi bilan ko‘radi va bu orqali ekologik muammolarga befarq bo‘lmaslikka chaqiriladi.

Tadbir davomida yoshlar ekologik seminarlar, ijtimoiy loyihalar taqdimoti, ko‘chat ekish, ekologik tozalash ishlari kabi faoliyatlarda ishtirok etadi. Shuningdek, ular hudud aholisi hayoti, qadimiy tarixiy yodgorliklar bilan tanishish imkoniyatiga ham ega bo‘ladi.

Aksiya nafaqat ekologik muammolar haqida xabardorlikni oshiradi, balki yoshlar orasida ekologik madaniyatni shakllantirish, ularni atrof-muhitni asrashga yo‘naltirishga xizmat qiladi. Bu tashabbus orqali ekologik mas’uliyat hissi, vatanparvarlik va ijtimoiy faollik kabi muhim fazilatlar mustahkamlanadi.

B.Xudoyberdiyev, O‘zA