Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Orol dengizi havzasida ekologik muhitni yaxshilash masalalari muhokama etildi
21:22 / 2024-01-29

FOTOREPORTAJ

Poytaxtimizdagi “Radisson Blu” mehmonxonasida O‘zbekiston ekologik harakati, Senatning Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish masalalari va ekologiya qo‘mitasi hamda Xalqaro suv resurslarini boshqarish instituti (IWMI) hamkorligi hamda xorijiy ekspertlar ishtirokidagi “NEXUS Gains” dasturi doirasida Orol dengizi havzasida chora-tadbirlar bo‘yicha xalqaro qishloq xo‘jaligi tadqiqotlari maslahat guruhi seminari o‘tkazildi.

Mamlakatimizda ekologik muhitni yaxshilash, atrof-muhitni muhofaza qilish, iqlim o‘zgarishining salbiy oqibatlarini yumshatish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida jamoatchilikni xabardor qilish maqsadida tashkil etilgan tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari, milliy tadqiqot institutlari, universitetlar, xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

[gallery-15693]

Ishtirokchilar innovatsion yechimlarni ilgari surib, Orol dengizi havzasining barqaror rivojlanishiga ko‘maklashish bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirdi. Bu boradagi tadqiqotlarning borishi haqida yangiliklar bilan o‘rtoqlashildi. Tadqiqot natijalarini mintaqada qo‘llash va moslashtirish bo‘yicha loyihalarni rag‘batlantirish, tashabbusning 2025 yilda boshlanishi kutilayotgan kelgusi bosqichlari haqida so‘z yuritildi.

Ta’kidlanganidek, Xalqaro suv re surslarini boshqarish instituti Orol dengizi havzasida suv taqsimotini modellashtirish uchun “PyWP” dasturini amalga oshirayotgan bo‘lib, suvni oqizish, saqlash, gidroenergetika simulyatsiyasi va sug‘orish suvidan foydalanishni kuzatishdagi ko‘p qirralikni o‘zida jamlagan. Bundan tashqari, Xalqaro suv resurslarini boshqarish instituti gidrologik xatti-harakatlarni tushunish uchun Chirchiq daryosi havzasida “CWAT” modellashtirishdan foydalanmoqda. Shuningdek, Xalqaro suv resurslarini boshqarish instituti Farg‘ona vodiysida iqlim o‘zgarishi bilan kurashish va qurg‘oqchilik xavfi yuzaga kelganda suvga bo‘lgan talabni qondirish uchun muqobil suv saqlash yechimlarini o‘rganmoqda. 

Seminar sohada hamkorlikni rivojlantirish, tajriba almashish va Orol dengizi havzasida ekologik xavf-xatarga qarshi kurashish, suv, energiya, oziq-ovqat va atrof-muhit sohalarida duch kelinayotgan murakkab muammolarni hal qiluvchi strategiyalarni ishlab chiqishga xizmat qilishi bilan muhim ahamiyat kasb etdi. 

Kamola Yusupova, Nosirjon Haydarov (surat), O‘zA