English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘rmonlarni boshqarish tizimida islohotlar izchil davom ettiriladi
11:05 / 2025-06-03

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hamda o‘rmonlarni boshqarish tizimida islohotlarni izchil davom ettirish, yashil hududlarni kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

Unga muvofiq, "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ekilayotgan daraxt va buta ko‘chatlarining ko‘karuvchanligi, yashovchanligi, kasallik va zararkunandalarga chidamliligini oshirishning 2026 yil 1 yanvardan boshlab maqsadli ko‘rsatkichlari belgilandi. Ular: 

a) davlat o‘rmon xo‘jaliklarida respublika hududlarining iqlim sharoitiga mos daraxt turlarining zamonaviy seleksiya usullaridan foydalanib sifatli va kafolatlangan urug‘larni yetishtirish hajmini 1,5 baravarga oshirish; 

b) urug‘chilik laboratoriyalarida respublika hududlarining iqlim sharoitiga mos o‘simlik turlaridan onalik plantatsiyalarini tashkil qilish;

v) davlat o‘rmon xo‘jaliklari tomonidan yetkazib berilayotgan ko‘chatlar hajmini 2 baravarga oshirishdan iborat. 

2025 yil 1 oktyabrdan boshlab "Yashil makon" umummilliy loyihasini amalga oshirishda jamoatchilik ishtirokini oshirish, "Yashil makon" elektron platformasida ochiqlikni ta’minlash va raqamlashtirishga qaratilgan quyidagi mexanizmlar joriy qilinadi: 

a) aholi tashabbusi bilan daraxt ekilishi mumkin bo‘lgan aniq hudud (tuman (shahar), ko‘cha, yer uchastkasining koordinatalari), suv ta’minoti, keyinchalik parvarish qilish imkoniyati va daraxtlarning turlarini ko‘rsatish; 

b)  "Yashil makon" umummilliy loyihasiga O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjetidan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladigan ishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni jamoatchilikka "har bir tiyin sarflanishini kuzatish" tamoyili asosida onlayn yetkazish; 

v) daraxt va butalarni kesish uchun ruxsatnoma berish yuzasidan murojaat qilgan shaxs to‘g‘risida ma’lumot, ko‘chirilishi yoki kesilishi taklif etilayotgan daraxt va ko‘chirish (kesish) sababi, aniq manzili, joylashuvi, foto va videotasvirlarini aks ettirish; 

g) o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarning k,immatbax,o navlarini sonunga xilof ravishda kesgan yoki yo‘q qilgan shaxslar tomonidan kompensatsiya sifatida ekilgan daraxt va buta ko‘chatlari hisobini yuritish tizimini joriy qilish; 

d) daraxtlarni qonunga xilof ravishda kesgan jismoniy va yuridik shaxslar, ushbu huquqbuzarliklar va ular yuzasidan ko‘rilgan choralar bo‘yicha "Yashil makon" elektron platformasiga doimiy ravishda ma’lumotlar kiritib borish. 

"Mening bog‘im" loyihasi doirasida yashil bog‘lar barpo etishga kamida bir gektar, yashil jamoat parklari uchun yarim gektardan yer maydonlari ajratiladi. 

Kompensatsiya yoki majburiyat tarzida ekiladigan daraxt va butalar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan belgilanadigan yer uchastkalarida O‘rmon xo‘jaligi agentligi buyurtmachiligida belgilangan tartibda aniqlanadigan loyihalash tashkiloti tomonidan ishlab chiqiladigan loyihalar asosida davlat o‘rmon xo‘jaliklari – pudrat tashkilotlari tomonidan ekiladi.  

2025 yil 1 noyabrdan boshlab o‘rmon fondi yer maydonlari alohida muhofaza etiladi va ularning toifasini o‘zgartirish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.

O‘zA