Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘rmonlar, uglerod va bioxilma-xillik: poytaxtda xalqaro ilmiy seminar
14:11 / 2026-01-22

Poytaxtimizda ekologik barqaror rivojlanish va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan “Forest Carbon Cycle & Biodiversity Solutions for Climate Change” mavzusida 8-xalqaro ilmiy seminar tashkil etildi. Mazkur tadbir iqlim o‘zgarishi sharoitida o‘rmon ekotizimlari, uglerod aylanishi va bioxilma-xillikni saqlash bo‘yicha ilmiy yondashuvlarni muhokama qilishga qaratilgan.

Seminar Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi hamda Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida tashkil etildi. Tadbir 2024–2028 yillarga mo‘ljallangan, qiymati 7,7 million AQSH dollari bo‘lgan “Toshkent viloyatida smart texnologiyalar asosida o‘rmon va shahar hududlarini ko‘kalamzorlashtirish” loyihasi doirasida o‘tkazildi.

Seminar doirasida qator nufuzli xorijiy olimlar tomonidan ilmiy ma’ruzalar taqdim etildi.

Seoul National University professori Nyun Park “O‘rmon bioxilma-xilligining yomonlashuvi va uni muhofaza qilish yechimlari” mavzusida ma’ruza qilib, iqlim o‘zgarishi, inson faoliyati va biologik xilma-xillik o‘rtasidagi murakkab bog‘liqliklarga alohida e’tibor qaratdi. U bioxilma-xillikni saqlash global ekologik barqarorlikning muhim omili ekanini qayd etdi.  

Muloqot davomida iqlim o‘zgarishida o‘rmonlarning uglerod yutadigan asosiy ekotizim sifatidagi roli, uglerod aylanishi va ekologik barqarorlik, bioxilma-xillikning kamayishi va uni saqlash mexanizmlari, o‘rmon ekotizimlarining iqlim o‘zgarishiga chidamliligini oshirish, Koreya tajribasini O‘zbekiston sharoitiga moslashtirish hamda innovatsion texnologiyalarni amaliyotga joriy etish kabi masalalar ham muhokama qilindi.

Qayd etilishicha, mamlakatimizda tashkil etilayotgan 18 ta pitomnik faoliyati modernizatsiya qilinadi. Koreya Respublikasining ilg‘or biotexnologik yechimlari va mahalliy an’anaviy pitomnikchilik tajribasi uyg‘unlashtiriladi. Ushbu yondashuv mobaynida 2030 yilga qadar mamlakat sifatli va iqlimga chidamli ko‘chatlar bilan ta’minlanadi, qisqa muddatda sog‘lom va kasalliklarga chidamli ko‘chatlar yetishtiriladi, o‘rmon va yashil hududlar kengaytiriladi, shuningdek, bioxilma-xillikni saqlash va cho‘llanishning oldini olish imkonini beruvchi chora-tadbirlar amalga oshiriladi.  

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA