O‘rmon yong‘ini oqibatida mingdan ziyod inson bedarak yo‘qoldi
Orollardagi yong‘in tufayli 1000 dan ko‘p odamning taqdiri noma’lumligicha qolmoqda, dedi AQSH Gavayi shtati gubernatori Josh Grin “CBS” telekanaliga bergan intervyusida. Hozir Maui orolida qidiruv ishlari davom etmoqda.
Taxminan, 1050 kishining daragi chiqmagan, ularni topish uchun yana bir necha hafta kerak, deyilgan xabarda.
Mauida 9 avgust kuni boshlangan yong‘in so‘nggi yuz yil ichida mamlakatda yuz bergan eng halokatli o‘t balosi sifatida baholanmoqda. Kuchli shamol natijasida yong‘in tezlikda tarixiy Laxayna shahriga o‘tib, shahar butunlay yonib ketgan.
O‘zA