O‘zbekistonda ijtimoiy qo‘llab‑quvvatlash va ekologik tadbirlarni rivojlantirish yo‘nalishida muhim qadam tashlandi. Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 18 dekabrda qabul qilgan qarori bilan “Kambag‘al oila a’zolariga o‘rmon fondi yerlarida ekilgan daraxtlar uchun subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.
Nizomga ko‘ra, Kambag‘al oila a’zolari tomonidan o‘rmon fondi yerlarida ekilgan va parvarishlangan har 100 ta daraxt uchun BHMning 1 baravari miqdorida subsidiya ajratiladi.
Subsidiya ekofaollikni oshirish, aholini tabiatni muhofaza qilishga jalb qilish va daraxtlar ekilishini rag‘batlantirishga qaratilgan. Nizom asosida davlat tuman (shahar) ekologiya bo‘limi va “Ekofaol fuqaro” platformasi orqali daraxtlarni hisobga olish, tasdiqlash va subsidiya berish jarayonlari nazorat qilinadi.
Talabgor tomonidan tanlangan maydonda daraxtlarning ekilgani va parvarishlangani yuqoridagi platformada qayd etiladi va tuman (shahar) ekologiya bo‘limi tomonidan 5 ish kuni ichida tasdiqlanadi yoki rad qilinadi. So‘ng subsidiyaning 50 foiz miqdori to‘lab beriladi. Qolgan qismi to‘lov talabnomalarga muvofiq keltiriladi va bank orqali jo‘natiladi.
Bu yangi tizim bir vaqtning o‘zida bir necha muhim maqsadni amalga oshirishni nazarda tutadi.
O‘zbekistonda 2025 yilda o‘sib borayotgan ekologik tashabbuslar doirasida kambag‘al oilalarni o‘rmon fondi yerlarida daraxt ekishga jalb etish, umumiy yashil maydonlarni kengaytirishga xizmat qiladi. Bu tashabbus 20 000 gektarga yaqin hududda daraxtlar ekishni ko‘zda tutgan kichik va katta ekosistemalarga qaratilgan tadbirlar bilan uyg‘unlashtirilgan.
Mazkur subsidiyalar kambag‘al oilalar uchun nafaqat iqtisodiy rag‘bat, balki ularni qishloqda daraxtlar ekish bilan bog‘liq ishlarda faol ishtirok etishini ta’minlaydi. Shuningdek, ijtimoiy yordamlar ko‘lamini kengaytirish va turli instrumentlar orqali davlat tomonidan ko‘maklashishni yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladi.
Talabgorlar “Ekofaol fuqaro” platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tib, daraxt ekilgan maydon haqida ma’lumot kiritadi. Dalolatnoma va fotohisobot: territoriyaga mas’ul ekolog xodimlar chiqib, hujjatlar asosida ishni tasdiqlaydi.
Subsidiya to‘lovi tuman ekologiya bo‘limi tomonidan ma’lumotlar tasdiqlanganidan so‘ng, mablag‘ning 50 foiz to‘lanadi va qolgan qismi tegishli tartibda jo‘natiladi.
Bir so‘z bilan aytganda, o‘rmon fondida daraxtlar uchun subsidiya tizimi — bu faqatgina iqtisodiy yordam emas, balki ijtimoiy, ekologik va ma’naviy jihatdan ham muhim qadamdir. Bu tashabbus aholining ekologik faolligini oshirish bilan birga kambag‘al oilalarni ham qo‘llab‑quvvatlaydi.
Shahnoza Mamaturopova, O‘zA