Davlat dasturining 2025 yil birinchi yarim yillikdagi ijrosi muhokamalarida Bosh vazir o‘rinbosari ekologik vaziyatni barqarorlashtirishga qaratilgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tdi.

Qayd etilanidek, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida respublika bo‘yicha 55 ta “yashil bog‘lar” barpo etildi. 130 ming gektar maydonda o‘rmon barpo qilish va qayta tiklash tadbirlari amalga oshirilgan. Orolbo‘yi mintaqasidagi o‘rmonzorlar maydoni 2 mln. gektarga yetkazildi.
Qariyb 548 ming gektar maydonda suv tejovchi texnologiyalar joriy qilindi. Respublikamiz umumiy yer maydonining 3,4 million gektari o‘rmonzor, 1,3 mln. gektari butazor bo‘lib, o‘rmon bilan qoplangan maydonlar 4,7 million gektarga yetdi. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar maydoni 10 mln. gektardan oshdi. 700 gektardan ortiq maydonlar himoya o‘rmonzorlari ekish uchun tayyorlandi.
Bahor mavsumida 6 mln.dan ortiq daraxt ko‘chatlari ekilgani ma’lum qilindi.
Muhtarama Komilova, O‘zA