Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘rindoshlik asosida ishlovchi xodimlarga ustamalar qo‘llanilishi mumkinmi? (+video)
18:54 / 2023-12-27

Huquqiy munosabat

O‘rindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi to‘g‘risida nizom qabul qilinganidan keyin o‘rindoshlik bo‘yicha ishlash tartibiga bir talay o‘zgarishlar kiritildi. Toshkent davlat yuridik universiteti Yuridik klinikasi xodimi Javohir Eshonqulov bu borada batafsil tushuntirish berdi. 

– O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 438-moddasiga binoan agar jamoa shartnomasida yoxud ish beruvchi tomonidan kasaba uyushma qo‘mitasi bilan kelishilgan holda qabul qilingan o‘zga ichki hujjatda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, o‘rindoshlik asosida ishlovchilar mehnatiga haq to‘lash shakllari va tizimlari, mukofotlar, qo‘shimcha haq, ustamalar, rag‘batlantiruvchi to‘lovlar to‘lash mazkur ish o‘zi uchun asosiy ish bo‘lgan xodimlarga belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 18 oktabrdagi 297-son qarori bilan tasdiqlangan "O‘rindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi to‘g‘risida"gi nizomning 15-bandiga muvofiq agar jamoaviy shartnomada yoxud ish beruvchi tomonidan kasaba uyushma qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishgan holda qabul qilingan boshqa mahalliy hujjatda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, o‘rindoshlik asosida ishlovchilarga mehnat haqi, mukofot, qo‘shimcha haq, ustama, rag‘batlantirish to‘lovlari shakli va tizim tashkilotning barcha xodimlari uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/g4EZ2Ui2--I" title="Oʻrindoshlik asosida ishlovchi xodimlarga ustamalar qoʻllanilishi mumkinmi?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

Gulnoza Boboyeva, O‘zA