Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘rikzor bozorida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
14:36 / 2023-09-11

Toshkent shahridagi “O‘rikzor” savdo majmuasida Adliya vazirligi Intellektual mulk departamenti xodimlari tomonidan Kontrafakt mahsulotlar aylanmasiga qarshi kurashish doirasida navbatdagi profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi.

Xususan, mutaxassislar tomonidan sotuvchilarga kontrafakt mahsulotlar savdosi bilan shug‘ullanish Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga binoan javobgarlikka sabab bo‘lishi haqida tushuntirish ishlari olib borildi. 

Shuningdek, targ‘ibot ishlari davomida savdo rastalarining har biriga asl mahsulotni tanlash va sotib olish bo‘yicha tayyorlangan “Kontrafakt mahsulotlar katalogi” tarqatildi.  

Mas’ullarning qayd etishicha, bu kabi tadbirlar orqali nohalol raqobat oldi olinadi, asl mahsulot ishlab chiqaruvchi tadbirkor huquqlari himoya qilinadi. Ayniqsa, iste’molchilarning aldanishiga va soxta, kontrafakt mahsulot xarid qilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.  

Vazirlik tomonidan o‘tkazilayotgan kontrafakt mahsulotlar realizatsiyasiga qarshi targ‘ibot tadbirlari respublikamizning barcha hududlarida davom etmoqda.  

 

Gulnoza Boboyeva,

O‘zA