French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"O‘rgimchak-odam" filmining kassa yig‘imi pandemiyada birinchi bo‘lib milliard dollardan oshdi
17:35 / 2021-12-27

“O‘rgimchak-odam”: Uyga yo‘l yo‘q” dunyo prokatida pandemiya davrida kassa yig‘imi milliard dollardan oshgan birinchi kinokartina bo‘ldi, deb yozmoqda Hollywood Reporter nashri.

Filmning jahon sahnalarida namoyishi boshlanganidan 12 kun o‘tib, “Yuulduzlararo  jang: qudratning uyg‘onishi” kinokartinasi natijasini takrorlab milliard dollarlik kassa yig‘imiga erishdi.

Sony studiyasi uchun O‘rgimchak-odam hikoyasi Amerika bozoridagi eng daromadli filmga aylandi.

"O‘rgimchak-Odam: Uyga yo‘l yo‘q" milliard dollar to‘plagan tarixdagi 49 – filmga aylandi.