French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘rganishlar olib borilmoqda
12:10 / 2026-01-09

Ichki ishlar vazirligi rahbariyati Buxoro viloyati hududlarida o‘rganishlar olib bormoqda. Vazir o‘rinbosari general-mayor Bahodir Mirzarahimov tomonidan o‘rganishlar davomida, Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani IIO FMB navbatchilik qismi faoliyati ko‘zdan kechirildi.

Jarayonda navbatchilik xizmati faoliyatini tashkil etish, fuqarolar murojaatlarini qabul qilish va o‘z vaqtida ko‘rib chiqish holati, xizmat intizomi hamda moddiy-texnik ta’minot darajasi atroflicha o‘rganildi.

Shofirkon hamda Vobkent tumanlaridagi IIB ma’muriy binosining navbatchilik qismi hamda tuman Qo‘riqlash bo‘limi faoliyati ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish davomida navbatchilik xizmati faoliyatini tashkil etish, xizmat olib borish tartibi, fuqarolar murojaatlarini qabul qilish va ularga o‘z vaqtida munosabat bildirish holati, shuningdek, xizmat intizomi va moddiy-texnik ta’minot darajasi atroflicha o‘rganildi. Qo‘riqlash bo‘limida ob’ektlar xavfsizligini ta’minlash, xizmatchilarning tayyorgarlik darajasi hamda xizmat olib borish samaradorligi yuzasidan tahlil ishlari olib borildi. 

Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, xizmat sifatini yanada oshirish hamda qonuniylik va xizmat intizomini mustahkamlash bo‘yicha tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.