Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘rganishlar kambag‘allikni faqat pul tarqatish bilan hal qilib bo‘lmasligini ko‘rsatmoqda – Prezident
17:14 / 2024-09-11

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish ishlarini yangi sifat bosqichiga olib chiqish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Davlatimiz rahbari topshirig‘iga ko‘ra, mutasaddilar masalani ichiga chuqurroq kirdi, eng og‘ir mahalladagi nochor oilalarga borib, nimaga ko‘proq e’tibor berish kerakligini o‘rgandi. 

Bu masalada savdo, servis, to‘qimachilik, tibbiyot, ovqatlanish, qurilish, kasanachilik, elektrotexnika, transport sohasi tadbirkorlari bilan aniq muhokamalar o‘tkazildi.

O‘rganishlar kambag‘allikni faqat pul tarqatish bilan hal qilib bo‘lmasligini ko‘rsatmoqda.

Hozirda 3-5 million so‘mgacha oylik beraman degan korxonalarda 250 mingta bo‘sh ish o‘rni bor. Lekin, kambag‘al oilani 35 foiz ishga layoqatli a’zolarida bilim va ko‘nikma kam.

Bola parvarishi bilan band bo‘lgani uchun ishlash xohishi bo‘lgan ayollarning 43 foizi ishga bora olmayapti.

Kambag‘al oilalarning 83 foizida katta tomorqa bor. Lekin, ularning 62 foizida – suv, 48 foizida – elektr muammosi bor, yana 50 foizi markazdagi bozorga borishga qiynalmoqda.

O‘zA