French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Organik mahsulotlar ishlab chiqarishning huquqiy asoslari yaxlit qonunda aks etmoqda
11:33 / 2021-12-04

Yangi taraqqiyot strategiyasida mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlar qatorida aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va iqtisodiyotni rivojlantirishda muhim bo‘lgan “organik” qishloq xo‘jaligini rivojlantirish masalasiga alohida ahamiyat berilgan.

 Darhaqiqat, oziq-ovqat xavfsizligida organik mahsulotlar muhim o‘rin tutadi.

bugungi kunda mamlakatimizda organik mahsulotlar ishlab chiqarish sohasidagi masalalarni tartibga soluvchi normalar tarqoq holda bo‘lib, yaxlit qonun hujjatining mavjud emasligi sohani rivojlantirishda turli qiyinchiliklarni yuzaga keltirmoqda.


Mamlakatimizda organik mahsulotlar ishlab chiqarishning huquqiy asoslarini belgilash maqsadida tayyorlangan “Organik mahsulotlar to‘g‘risida”gi qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yig‘ilishida ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.

— Mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi, — dedi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi a’zosi I.Xushvaqtov. — Shu bilan birga, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonlarida qo‘shimcha qiymat yaratish orqali mamlakatning iqtisodiy salohiyatini oshirishga zamin yaratadi.

Majlisda qonun loyihasi qizg‘in muhokama qilinib, ikkinchi va uchinchi o‘qishda ham qabul qilindi.

Muhtarama Komilova, O‘zA