Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Orfan kasalliklarini tashxislash va davolash bo‘yicha Yevroosiyo forumi bo‘lib o‘tdi (+video)
23:32 / 2023-10-25

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 80 yilligi, akademik Tamara Aripovaning 70 yilligiga bag‘ishlangan orfan kasalliklarini tashxislash va davolash bo‘yicha “Chegarasiz Hamdo‘stlik” ikkinchi Yevroosiyo forumi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, Immunologiya va inson genomikasi instituti, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Rossiya Fanlar akademiyasi, Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Ushbu forumni o‘tkazishdan maqsad immunologiya va allergologiya sohasida, qolaversa, orfan kasalliklari bilan bog‘liq axborot, diagnostika, ijtimoiy, tibbiy, huquqiy masalalar almashish bo‘yicha sa’y-harakatlarni birlashtirishdan iboratdir.

Yaqinda Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro tibbiyot universiteti qoshida O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Immunologiya va inson genomikasi instituti Buxoro filiali ochildi. Filial rahbari Nigina Hikmatova forumda ishtirok etib hamkasblari bilan tajriba almashdi.

– Orfan kasalligi ko‘proq yosh bolalar o‘rtasida uchraydigan kasallik bo‘lib, ayni paytda dolzarb muammolardan biri hisoblanadi, – dedi Nigina Hikmatova. – Tadbirda orfan kasalligining oldini olish, profilaktika tadbirlarini qanday olib borish bo‘yicha tajriba almashildi, professorlar, akademiklar bilan hamkorlik o‘rnatildi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/Ude7ZBpEXYY" title="Orfan kasalliklarini tashxislash va davolash bo‘yicha Yevroosiyo forumi bo‘lib o‘tdi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

N.Rahmonova, A.Sodiqov,

D.Ernazarov (video), O‘zA