O‘rdakchilik serdaromad ishga aylanmoqda
Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida qishloq xo‘jaligining samarali yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan – o‘rdakchilik bo‘yicha istiqbolli loyihalar amaliyotga tatbiq etilayotgani xususida avvalroq ham xabar bergandik.
Mana shunday loyihalardan biri tumanning Sohibkor mahallasida tadbirkor Nilufar G‘ofurova tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yildi. Tadbirkor tomonidan mahalla hududidagi zovur bo‘yida bir gektar maydonda zamonaviy o‘rdakxona tashkil etildi.


Dastlabki bosqichda 800 ta o‘rdak olib kelinib, ularni parvarish qilish ishlari boshlab yuborildi. Tashabbus aholini doimiy ish o‘rinlari bilan ta’minlash hamda qishloq xo‘jaligida turli yo‘nalishlar rivojiga hissa qo‘shishga qaratilgan.


– O‘rdaklarni kecha olib keldik, bugun esa ular tuxum berishni boshladi. Ertalabdan 150 dan ortiq tuxum yig‘ib oldik, – deydi N.G‘ofurova.
O‘lmas Barotov, O‘zA muxbiri