Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Orban: Ukrainadagi parokandalik, Vengriya uchun falokatga aylanishi mumkin (+video)
09:26 / 2025-12-23

Viktor Orban 15 yildan beri Vengriya Bosh vaziri sifatida hokimiyatni boshqaradi. Kelasi yil yana saylovlar bo‘lishi kerak. Ammo, bu galgi saylovlarda jiddiy qarshilikka duch kelishi ham mumkin.

Mamlakat bo‘ylab uyushtirgan uchrashuvlardan birida Vengriya tashqi siyosati haqida so‘z ochdi:

- Yanglishmang, Ukrainadagi parokandalik Vengriya uchun falokatli bo‘lishi mumkin. Ukrainaning qulashi Vengriya manfaatlariga zid, biz bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun harakat qilishimiz kerak, - dedi u.  

Bu bilan u Yevroittifoq a’zolari fikriga qarshi chiqishlarini izohlagandek bo‘ldi.  

Shuningdek, Ukraina elektr energiyasining 44foizini va tabiiy gazining 56 foizini Vengriyadan import qilayotganini ta’kidlar ekan, bu energiyaning katta qismi Rossiya manbalaridan olinishini ham qistirib o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, dunyo “Bryusseldan ko‘rinayotganidek sodda emas”. Masalaning bu tomonlarini ham o‘ylab ko‘rish kerak, deganday fikr bildirgan. Vengriya rasmiylari Rossiya bilan aloqalar bo‘yicha tanqidlarga javob berishda avval ham ushbu raqamlarni keltirgan.  

Shuningdek, Bosh vazir Rossiyaga qarshi urushda Ukrainaga yordam berish, mojaroni cho‘zishiga olib keladi,  bu Ukraina manfaatlariga javob bermaydi, degan pozitsiyasini yana bir bor takrorladi.                  

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/Gn9G5vV4Rj8?si=ptRfe27oTEXRLpU7" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Kenja Bekjonov, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA