Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘quvchining yutug‘i mashaqqatli mehnatni rohatga aylantiradi
15:52 / 2022-10-01

Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari ham O‘qituvchilar va murabbiylar kuni munosabati bilan Buxoro shahridagi 30-, 31-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘qituvchilarini qutlashdi.

30- umumta’lim maktabi bevosita viloyat bojxona boshqarmasiga biriktirilgan. Maktabda bojxona boshqarmasi tashabbusi bilan turli tadbirlar o‘tkazish an’anaga aylangan.

Feruza Yahyoyeva 31- sonli umumta’lim maktabida  uzoq yillardan buyon ishlaydi. Bojxonachilarning kutilmagan tashrifi va e’tibori fidoyi o‘qituvchini behad xursand qildi. 

–Shogirdlarning e’tirofi, kun kelib ularning yurt koriga yaraydigan inson bo‘lib yetishganini ko‘rish har bir ustozning mashaqqatli mehnatini rohatga aylantiradi, –deydi Feruza Yahyoyeva. – Bayram arafasida shogirdlarim kelib meni tabriklaganidan juda baxtiyorman.

– bugungi yutuqlarim, erishgan barcha maqsadlarimda menga harf tanitgan ustozimning hissasi katta, – deydi Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi xodimi Mustafo Muhiddinov. – Ustozlarimning bergan ta’lim-tarbiyasini doimo e’zozlayman. Umrlari uzoq bo‘lsin. 


Bojxona xodimlarining e’tibori, e’tirofi ilm jonkuyarlarining quvonchiga quvonch ulashdi.


Zarif Komilov, O‘zA