Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘quvchini darsga qiziqtirish uslublari: amaliyot va samara
12:12 / 2020-11-08

Til va adabiyot fani o‘qituvchisining mahorati o‘z o‘quvchilarini ta’lim jarayoniga faol ravishda jalb qila olish darajasi va ularning mustaqil aqliy va amaliy darslarini to‘g‘ri tashkil qilishi bilan belgilanadi.

Til va adabiyot fani o‘qituvchisining mahorati o‘z o‘quvchilarini ta’lim jarayoniga faol ravishda jalb qila olish darajasi va ularning mustaqil aqliy va amaliy darslarini to‘g‘ri tashkil qilishi bilan belgilanadi.

O‘qitish jarayonlarida noan’anaviy ta’lim usullaridan: «Improvizatsiya», «Aqliy hujum», «Debat», «Tanqidiy tafakkurni rivojlantiruvchi usul», «Klaster usuli», «Muammoli vaziyat», «Idrok xaritasi, "Multimedia vositalaridan foydalanish" va boshqalarni qo‘llash muhim. Bunda o‘quv materiallarini bayon qilish emas, balki o‘quvchilarning faol ijodiy ishlashini tashkil qila olish kerak. Shuni alohida takidlash joizki, bolalar ko‘proq eshitganidan ko‘ra ko‘rganiga ishonishadi. Demak, bizning vazifamiz faqat aytib o‘tish yoki ta’kidlash emas, balki aytganlarimizni ko‘rsatib ham berishimiz lozim.

Bu interfaol metodlardan "Idrok xaritasi" metodi ona tilining har bir bo‘limini o‘tayotgan vaqtimizda katta samara beradi. Bundan tashqari, takrorlash darslarida bu metoddan to‘liq foydalanish lozim, ayniqsa, slayd ko‘rinishidagi rangli tasvirda har bir yozuvning o‘z o‘rnida "jonlanib" turishi o‘quvchini darsga bo‘lgan e’tiborini tortadi. Bunda, avvalo, o‘quvchilarni idrok etayotgan bilimlarini tekshirish mumkin. Shu nuqtai nazardan olinganda bilimni tekshirish ham qulay va ularni erkin fikrlashga undaydi. Har bir o‘quvchiga iloji boricha mustaqil holatda idrok xaritalarini tuzishlarini vazifa qilib berilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Biror bo‘lim yoki bob yuzasidan qilinayotgan takrorlash darslarida idrok xaritasini tuzish lozim. Ular tuzgan idrok xaritalarini o‘qituvchi, albatta, izohlab baholashi kerak. Shunda o‘quvchilar o‘zlari yo‘l qo‘ygan kamchiliklarni bilib oladi. Dars jarayonida idrok xaritalarni o‘qituvchi ham, o‘quvchi ham birdek qo‘llashi mumkin. Bunda bolalar o‘zlari tuzayotgan idrok xaritalarini o‘zlari izohlashi talab etiladi. Shunda o‘quvchini nutqiy qobiliyati ham o‘sadi, ham baholanadi.

Bu metod agar kompyuterda slaydlar ko‘rinishini aks etib, darsga to‘liq jalb etilsa, quyidagicha samara beradi. O‘quvchining darsga qiziqishi ortadi, shovqin bo‘lib ketishini oldini oladi,  o‘quvchilar egallagan bilimlarini kengroq qamrovda idrok qiladi, fikrlash qobilyati o‘sadi. Bilimlari takrorlanadi va bu bilan mustahkamlashga erishiladi, tushunishi oson bo‘ladi va mustaqil tahlil qila olish ko‘nikmasi shakllanadi.

"Improvizatsiya" metodi. Bu tayyorgarliksiz bayon etish usuli bo‘lib, o‘qituvchi o‘quvchilarga savol yoki topshiriq beradi va darhol uning javobini tayyorgarliksiz tushuntirib berishlarini so‘raydi. Bu usulning afzalligi shundaki, o‘quvchilar o‘z shaxsiy fikrlariga, dunyoqarashiga ega bo‘ladi, ularning og‘zaki nutqi rivojlanadi, har bir savol-topshiriqlarni xotirada tez-tez tahlil qila olish ko‘nikmalari shakllanadi.

Xulosa qilib aytganda, bu kabi interfaol o‘yinlardan unumli foydalanish dars samaradorligini oshiribgina qolmasdan, balki o‘quvchilarni intellektual salohiyatini oshirish omili, o‘qituvchini ijodkorligini rivojlantiruvchi vositadir. Shu bois, bunday didaktik o‘yinlardan har bir darsimizda, sinfdan tashqari tadbirlarimizda unumli foydalansak nur ustiga a’lo nur bo‘lardi.

Dildora G‘afforova,

Buxoro shahar 28-umumta’lim maktabi

Ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi