English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘quvchilarning fiziologiya va antropometriya holatiga baho berish orqali sport turlariga yo‘naltirish tizimi ishga tushadi
14:27 / 2025-07-18

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “O‘quvchilarning fiziologiya va antropometriya holatiga baho berish orqali ularni sport turlariga yo‘naltirish hamda sportni ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarni tibbiy ko‘riklardan o‘tkazish jarayonida ularning fiziologiya va antropometriya holatiga baho berish orqali sport turiga bo‘lgan qobiliyatini aniqlash va shu asosda ularni sportga yo‘naltirish bo‘yicha elektron tizim yo‘lga qo‘yiladi. 

Qaror bilan: 

Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarining fiziologik (o‘smir rivojlanishi) va antropometrik (bo‘y va vazn o‘lchovi) ko‘rsatkichlari asosida yo‘naltiriladigan sport turlari ro‘yxati; 

2025-2030 yillarda o‘quvchilarni fiziologiya va antropometriya holatiga baho berish orqali sport turlariga yo‘naltirish hamda sportni ommalashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi. 

2025 yil 15 avgustga qadar o‘quvchilarning fiziologik va antropometrik ko‘rsatkichlaridan kelib chiqqan holda, ularni sport turlariga yo‘naltirish bo‘yicha ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan maxsus modul Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Yagona elektron dasturida ishga tushiriladi. 

2025 yil 15 sentyabrga qadar “Elektron sog‘liqni saqlash” axborot tizimi doirasida O‘quvchilarning fiziologik va antropometrik ko‘rsatkichlari ma’lumotlarini shakllantirish imkoniyati yaratiladi hamda ushbu ma’lumotlar “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali “ERP-maktab” axborot tizimiga integratsiya qilinadi.

O‘quvchilar har yili bir marta hududlardagi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarda chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.

2025/2026 o‘quv yilidan boshlab har yili bir marta maktab hamshiralari uchun o‘quvchilarning fiziologik va antropometrik ko‘rsatkichlarini aniqlash bo‘yicha o‘quv-seminarlar tashkil etiladi. 

Bir oy muddatda har bir maktabda yakkakurash va jamoaviy olimpiya sport turlari bo‘yicha kamida 1 tadan to‘garak tashkil qilish maqsadida sport maktabidagi murabbiylar maktablarning jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga biriktiriladi. 

O‘quvchilarning fiziologik va antropometrik ko‘rsatkichlari asosida sport turlariga yo‘naltirish ishlari jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari tomonidan amalga oshiriladi. 

2025 yil 15 sentyabrga qadar “ERP-maktab” axborot tizimidagi o‘quvchilarning sport turiga bo‘lgan qiziqishlari bo‘yicha ma’lumotlar “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali Sport vazirligining “ERP-sport” axborot tizimiga integratsiya qilinadi. 

Integratsiya qilingan ma’lumotlar asosida sport turlari bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatkichga ega bo‘lgan o‘quvchilar sport maktablariga yo‘naltiriladi.

O‘zA